Jamoat transporti, to‘yxonalar, konsert va sport zallari, teatrlar bo‘yicha cheklovlar saqlab qolinadi
Jamiyat
−
05 may 2020
8624Avvalroq, O‘zbekistonda ayrim sohalarda karantin cheklovlari yumshatilishi haqida xabar bergan edik. Jumladan, avtomobil boshqarish uchun joriy qilingan maxsus stikerlar bekor qilinadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5 may kuni o‘tkazigan videoselektor yig‘ilishida mamlakatdagi epidemiologik vaziyat yaxshilanganiga qaramay, karantin cheklovlari qat’iy saqlanib qoladigan ob’ektlarni ma’lum qildi.
“Koronavirus to‘la bartaraf bo‘lmagani sababli, odamlar ko‘p to‘planadigan ob’ektlar, jumladan, teatr, konsert va sport zallari, to‘yxonalar, jamoat transporti bo‘yicha cheklovlar ma’lum muddatgacha saqlanib qoladi.
Epidemiologik vaziyat yaxshilangani sari cheklovlarni bekor qilishni davom ettiramiz. Aksincha, vaziyat yomonlashsa, karantin choralarini qayta tiklaymiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yig‘ilishda epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda nooziq-ovqat do‘konlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, uy ta’mirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyati bo‘yicha kuchaytirilgan sanitariya talablarini belgilagan holda, ish boshlashi uchun ruxsat berilishi ta’kidlandi.
LiveBarchasi