Prezident aholi hayotiga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan masala haqida gapirdi

Jamiyat

image
Stikerlar bekor qilinadi. Avtomobildan foydalanish erkin bo‘ladi north_east

Stikerlar bekor qilinadi. Avtomobildan foydalanish erkin bo‘ladi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi vaqtida ma’lum qildi.

“Karantindagi aholining 83 foizi o‘z uyiga qaytdi. Ya’ni, ijobiy dinamika kuchayib bormoqda. Shifoxonalarda qolayotgan 740 nafar bemorni davolash, salomatligini tiklab, oilasi bag‘riga qaytarish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Bu ishlar osonlikcha bo‘layotgani yo‘q. Hozirga qadar bunga Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 2 trillion 250 milliard so‘m sarfladik va 500 million dollar xalqaro moliya institutlaridan jalb qildik.

Bugungi kunda butun dunyoda hech kim pandemiya yana qancha davom etishini bilmayapti. Shu sababli, qanchalik qiyin bo‘lmasin, xalqimiz bilan birga pandemiya sharoitida, barcha talablarga amal qilgan holda, ishlash va yashashga o‘rganishimiz kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident endilikda karantin choralarini yumshatmasa bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi. Davlat rahbari fermer va tadbirkorlarga qulaylik yaratish uchun dastlabki qadam qo‘yilganini qo‘shimcha qildi.

“Epidemiologik vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarganidan foydalanib, biz iqtisodiyotimizda karantin rejimini asta-sekin yumshatmasak bo‘lmaydi. Chunki bu tartib iqtisodiyotimiz rivojiga va aholimiz hayotiga juda katta salbiy ta’sir qilmoqda”, dedi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

400

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing