O‘zbekistonda bir kunda qariyb 140 kishida koronavirus aniqlandi
Olam
−
28 noyabr 2022
5956Avvalroq, O‘zbekistonda sovuq tushishi bilan koronavirus kasalligiga chalinayotgan bemorlar soni yana ortib borayotgani haqida xabar bergan edik. Mamlakatda unlik kasallanishlar soni ketma-ket uchinchi kun oshdi. So‘nggi sutkada yana 140 nafarga yaqin kishida koronavirus aniqlandi. Buk haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Kecha, 27 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 137 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 1 nafari Andijon viloyatida;
• 7 nafari Buxoro viloyatida;
• 4 nafari Jizzax viloyatida;
• 12 nafari Namangan viloyatida;
• 15 nafari Samarqand viloyatida;
• 2 nafari Farg‘ona viloyatida;
• 1 nafari Xorazm viloyatida;
• 14 nafari Toshkent viloyatida;
• 81 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.
LiveBarchasi