Prezident koronavirusga qaramay to‘ylar avvalgidek bo‘layotganini tanqid qildi
Jamiyat
−
08 aprel 2021
9847Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 8 aprel kuni bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatda yana avj olgan koronavirus masalasiga ham to‘xtatilib o‘tdi.
“Joriy yil boshidan qilgan mehnatimiz natijasi bilan bor-yo‘g‘i 30-40 nafar bemor aniqlanib kelinayotgan edi. Oxir ko‘rsatkichlarimiz shuni ko‘rsatyaptiki, bir kunda 150-180, 200 nafardan ham o‘tgan kunlar ham bo‘lyapti. Bu juda yomon ko‘rsatkich. O‘ta og‘ir bemorlar ham bo‘lyapti, ming afsus, hatto, o‘lim holatlari ham qayd etilmoqda”, deydi Prezident.
Prezident videoselektor yig‘ilishida Bosh vazir boshchiligida barcha viloyat hokimlariga koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha hududiy shtablarning ishini yana tashkil qilish yuzasidan topshiriq berdi.
“Tibbiy niqob taqish, antiseptik vositalardan foydalanish tashlab qo‘yildi. To‘ylarga va teatrlarga borish, hamma narsa xuddi hech narsa bo‘lmagandek [davom etyapti]. Ming afsus, qilgan shuncha harakatimiz ertaga o‘z natijasini bermaydi. Shuning uchun qanday tizim bo‘lgan bo‘lsa, shu tizimni davom ettirishimiz kerak”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lumot o‘rnida, kecha, 7 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 195 nafar yangi bemor aniqlandi. Ayni vaqtda mamlakatda ushbu xavfli virusni yuqtirib olganlar rasman 84 322 nafarni tashkil etmoqda. Koronavirus qurbonlari esa 634 nafarga yetgan.
LiveBarchasi