Ekspert koronavirus bilan bog‘liq 5 dolzarb savolga javob berdi
Salomatlik
−
23 Sentabr 2020
9089Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda yana tahlikali tus olib bormoqda. Ayni vaqtda dunyo bo‘ylab ushbu virusni yuqtirib olganlar 31 million 823 658 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 23 million 425 868 nafari sog‘aygan, 976 134 bemor vafot etgan.
Olti oydirki, koronavirus haqida bong urilmasin, kun sayin odamlar orasida yangi savollar tug‘ilmoqda. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Botir Qurbonov bir qancha dolzarb savollarga javob berdi.
Xorijga o‘qishga ketishda koronavirusga topshirilgan test natijasinining QR kodli inglizcha tarjimasini olish mumkinmi?
— Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston fuqarolari koronavirus infeksiyasiga test tahlili natijasi haqida ma’lumotnomasi bo‘lishi tavsiya etiladi.
Ma’lumotnomaning ingliz tilida tarjimasini hududiy notarius xizmatlarida tarjima qilib haqqoniyligini tasdiqlasa bo‘ladi. Test natijasi 72 soatdan ko‘p bo‘lmasligi zarur.
Koronavirus aniqlangan xonadonlar nega karantinga olinmayapti?
— Kasallik aniqlanganda kasalning og‘ir yoki yengil darajasiga qarab statsionarga yoki uy sharoitida davolanishga qoldiriladi.
Koronavirusga chalinganlar esa uy sharoitida karantinga olinadi. Uy sharoitida karantindagi fuqarolar SEO xodimlari tomonidan nazoratga olinib ular ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘riqlash amalga oshirilmoqda.
Ish joyida biror bir majlis o‘tkazilayotganda hamma xodimlar niqobda bo‘lishlari kerakmi?
— Barcha hududlarda ularning toifasidan qat’i nazar ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, fuqarolarning tibbiy niqob hamda antiseptik vositalaridan doimiy ravishda foydalanishlari shart hisoblanadi.
Shuningdek, epidemik vaziyat va jamoat salomatligini saqlash nuqtai nazaridan olganda ham niqob taqish muhim hisoblanadi.
Dunyo olimlari tomonidan o‘tkazilayotgan tajribalar ham niqob koronavirusdan ximoyalanishda asosiy vosita ekanligi isbotlanmoqda.
Uy hayvonlari - it, mushuklarga koronavirus yuqishi mumkinmi?
— Ilmiy tadqiqodlar uy hayvonlariga koronavirus infeksiyasi yuqmasligi tasdiqlangan. Bu haqida ko‘plab ilmiy ishlar olib borilgan.
Covid-19 yengil turi bilan kasallanib tuzalgandan so‘ng oila a’zolaridan qancha vaqt davomida izolyatsiyada bo‘lishi kerak?
— Kasallanib davolangandan keyin PZR test tahlili manfiy chiqganda bemor yuqumli emas, ya’ni infeksiya manbai hisoblanmaydi.
Bemor bilan muloqotda bo‘lganlarda ham 14 kun karantin davrida kasalllik belgilari aniqlanmasa ular ham uy sharoitidagi karantinidan chiqariladi.
LiveBarchasi