Jamoat xavfsizligi universitetiga rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
22 aprel 2021 10396 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga boshliq tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy gvardiyasi xabar berdi.
Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti boshlig‘i, polkovnik Mirzayusuf Rustamboyev Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i etib tayinlandi.
Avvalroq, Prezidentning qarori bilan Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etilgani xabar qilingandi.
Shuningdek, Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr