Jamoam bilan faxrlanaman, futbolchilar bilan emas – Xavi

Sport

image

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes “Sevilya”ga qarshi Ispaniya La ligasining 4-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuv (1:1) natijasidan norozi ekanini ma’lum qildi.

“Bugun  “Sevilya”ga qarshi o‘yinda ikki ochko yo‘qotdik. Biz g‘alaba qozonishga haqli edik va juda yaxshi o‘ynadik. Jamoa ko‘p jihatdan o‘sib bormoqda va yaxshilanmoqda. Biroq, durang natijaga qaramay jamoam bilan faxrlanaman, biroq futbolchilar bilan emas. Omad bizdan yuz o‘girdi. Gavining bosh bilan bergan zarbasini misol qilish mumkin. Strategik jihatdan “Sevilya” bizdan oldinda. Yaxshilashimiz kerak bo‘lgan narsalar ko‘p. Biz o‘ynaymiz va rivojlanishda davom etamiz. Uch ochko olishimiz kerak edi. Biz buni yangi yilda amalga oshirishga harakat qilamiz”, deydi Xavi “Marca” nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Xavi uchrashuvdan avval jamoada katta o‘sish borligini, ammo bu o‘yinda g‘alaba qozonish juda qiyin bo‘lishini aytib o‘tgan edi. Shuningdek, “Sevilya”ning boshqaruv uslubini yuqori baholagan.

Ma’lumot uchun, Kataloniya klubi yangi futbolchilarni sotib olish va moliyaviy barqarorlikni saqlab qolish uchun 5 nafar futbolchini sotib yuborishi mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Monchi Xavi Sevil'ya Gavi

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made