Jalolov va Do‘smatovni ham kibrli deb o‘ylashadi – Halokov
Sport
−
02 iyun 2023
8037Boks bo‘yicha jahon chempioni Abdumalik Halokov QALAMPIR.UZ'ga intervyu berib, qanday qilib “yulduzlik kasali”ni chetlab o‘tayotganini, JCH g‘olibligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa ham, o‘zligida hech qanday o‘zgarish bo‘lmasligini aytib o‘tdi.
“Yulduzlik kasali”ga chalinmaslik uchun uyda idishlarni yuvyapman. Inson o‘z uyini tozalashi, uy ishlarida faollik odatiy hol bo‘lishi kerak. Barchamiz oddiy odammiz. Hozir mening kamarim bor, biroq vaqt o‘tgach, bu kamarning hech qanday qiymati qolmaydi. Natijam tarixga aylandi, hayot davom etmoqda. Hozir mening davrim keldi, vaqti kelsa, mendan zo‘ri chiqadi. Ko‘pchilik meni kibrli deb o‘ylaydi, lekin hamma qatori oddiy insonman. Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovni ham kibrli deb o‘ylashadi, lekin unaqa emas. Ular ham oddiy inson, barcha bilan bir xil muomala qiladi”, deydi Halokov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Halokov qachon profboksga o‘tishini aytib o‘tgandi. Jahon chempioniga avval ham ko‘p bora professional promouterlardan takliflar bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
LiveBarchasi