Jalolov Usik bilan jang qilishga ulgurmaydi – manba

Sport

image

Super og‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov katta ehtimol bilan ukrainalik Aleksandr Usik bilan jang o‘tkaza olmaydi. Bu haqda “Sports.kz” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Usik ikki jangdan so‘ng boksdagi faoliyatini yakunlashini aytgan. Ulardan biri britaniyalik Daniel Dyubuaga qarshi 19 iyul kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi jang uchun Aleksandrda ikkita variant bor - Entoni Joshua va Tayson Fyuri.

Usik o‘zi bilan jang qilish istagini bir necha bor bildirgan Jalolov bilan ringda to‘qnash kelish ehtimoli juda past.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov 5 aprel kuni Ostonada ancha tanaffusdan keyin professional boksdagi jangini o‘tkazdi. U ukrainalik Igor Shevadzutskiy bilan to‘qnash keldi va kutilmaganda raqibini nokautga uchratolmadi, Jalolov raqibini hakamlarning bir ovozdan chiqargan qaror bilan mag‘lub etib, professional faoliyatida ilk bora to‘liq jang o‘tkazdi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Aleksandr Usik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing