Jalolov “Stranja”dagi raqiblari nega jangdan bosh tortganiga izoh berdi

Sport

image

19-26 fevral kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks olamida katta nufuzga ega “Stranja” an’anaviy 74-xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. +92 kg vaznda ishtirok etgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov musobaqada bitta jang o‘tkazib, yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. Turli bosqichlarda o‘zbekistonlik bokschining raqiblari unga qarshi ringga ko‘tarilishni istamadi.

Xo‘sh, nega Bahodir Jalolovning raqiblari jangga chiqishdan bosh tortdi? 

Bokschi Qalampir.uz saytiga “Stranja”dagi raqiblar jangdan nega “qochgani”ni ma’lum qildi.

“Hammaning o‘z rejasi bor. Raqiblarimning nega jangdan bosh tortgani menga qorong‘u. Balki ular jarohat olishdan qo‘rqqandir. Men qanday holat yuz berishidan qat’iy nazar jangga tayyor turganman”, deydi Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, “Stranja” turnirida O‘zbekiston vakillari jami 18 ta medal qo‘lga kiritgandi. To‘lqin Qilichev shogirdlari umumjamoa hisobida ham 1-o‘ringa ega chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Jalolov “Stranja”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing