O‘zbekistonlik bokschilar xalqaro turnirni 18 ta medal bilan yakunladi
Sport
−
27 fevral 2023
10261Bolgariyaning Sofiya shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha “Stranja” xalqaro turniri bahslari ortda qoldi. 26 fevral kungi dasturda 10 nafar O‘zbekiston vakili final uchrashuvida ringga chiqdi.
Hal qiluvchi janglarda o‘zbek bokschilaridan Shodiyorjon Meliqo‘ziyev, Hasanboy Do‘smatov, Mujibillo Tursunov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Saidjamshid Jafarov turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Bahodir Jalolov va Shohjahon Abdullayevning raqiblari bellashuvdan bosh tortgani bois, ikki bokschi ham avtomatik tarzda turnir g‘olibi deya e’lon qilindi.
Erkaklar o‘rtasida Mirazizbek Mirzaxalilov, Adhamjon Muhiddinov, Ruslan Abdullayev va Bekzod Hamidov finalda imkoniyatni boy berib, musobaqaning kumush medali bilan kifoyalandi. Qizlardan Saidaxon Rahmonova turnirda 2-o‘ringa ega chiqdi.
Umumjamoa hisobida O‘zbekiston vakillari 7 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medal bilan 1-o‘rinni egalladi.
LiveBarchasi