Jalolov Olimpiadani g‘alaba bilan boshladi
Sport
−
29 iyul
15110Parij shahrida o‘tkazilayotgan Olimpiada o‘yinlarining boks bahslarida o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov norvegiyalik Omar Shihaga qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alaba qozondi.
Jalolov jangning birinchi va uchinchi raundida raqibini nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi. Ikkinchi raundda ham Jalolov raqibiga ustunlikni bermadi.
Shunday qilib, o‘zbekistonlik bokschi turnirdagi birinchi jangida ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozonib, Olimpiadaning chorak finaliga chiqdi.