Jalolov ayrim davlatlarning Toshkent mundialiga boykot e’lon qilganiga munosabat bildirdi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, 1-14 may kunlari Toshkent shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mundial bahslari yaqinlashgani sari ko‘pgina davlatlar musobaqaga boykot e’lon qilmoqda. Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov QALAMPIR.UZ’ga ushbu holat yuzasidan o‘z fikrlarini bayon qildi.

“Musobaqada nechta davlat ishtirok etishidan qat’i nazar biz oltin medal uchun harakat qilamiz. Ya’ni, qaysidir ishtirokchining turnirga kelmasligi mening musobaqaga bo‘lgan e’tiborimni susaytirmaydi. JCHda kimni qatnashish-qatnashmasligining menga ahamiyati yo‘q. Asosiy maqsadim chiroyli jang ko‘rsatib, g‘olib bo‘lish” deydi Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston boks federatsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Jahon chempionatiga oid noxolis xabarlarga o‘z munosabatini bildirgandi. Federatsiya O‘zbekiston tomoni musobaqada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan mamlakatlarning qatnashish yoki qatnashmasligini belgilash vakolatiga ega emasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Jalolov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing