Jalolov professional boksda hali jang rejalashtirmayapti
Sport
−
22 avgust
5199Avvalroq, og‘ir vazn toifasidagi qozog‘istonlik bokschi Ivan Dichko o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Bahodir Jalolovni nokautga uchratishga va’da bergandi. Dichkoning menejeri Ziyo Aliyev “Vesti.kz” muxbiri bilan suhbatda o‘zbekistonlik ikki karra Olimpiada chempioni Jalolov bilan ehtimoliy jang vaqtini ham ma’lum qilgandi.
Aliyev o‘z nutqida Jalolov bilan jang 2025 yilda bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytgan.
Biroq Jalolov professional boksda hali hech qanday jang rejalashtirmayapti. Bu haqda bokschining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Jalolov ayni paytda dam olayotgani hamda jang bo‘yicha hali bunday taklif kelib tushmaganini aytib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Dichko professional ringda 14 ta jang o‘tkazgan va janglarning 13 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Jalolov esa 14 jangning barchasida raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik professional bokschilar Bahodir Jalolov va Shohjahon Ergashev Xalqaro boks federatsiyasining (IBF) yangilangan reytingida kuchli o‘n beshtalikni tark etdi. WBC'da esa Bahodir Jalolov o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona ko‘tarilib, 6-o‘rindan joy oldi.
LiveBarchasi