Jahonning birinchi va ikkinchi raqamli raketkasi Uimbldon finalida to‘qnash keldi
Sport
−
17 iyul 2023
2757Kecha, 16 iyul kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning final uchrashuvida jahonning birinchi raqamli raketkasi ispaniyalik Karlos Alkaras va 7 karra Uimbldon g‘olibi Novak Jokovich o‘zaro bahs olib bordi. Turnirning hal qiluvchi markaziy o‘yini 5 set davom etdi va 1:6, 7:6 (8:6), 6:1, 3:6, 6:4 hisobida ispaniyalik tennischi foydasiga hal bo‘ldi.
4 soat 43 daqiqa davom etgan final uchrashuvida Karlos Alkaras 9 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Unda 7 ta ijobiy yakun va 2 ta xato qayd etildi. Shu bilan birga, Karlos Alkaras 19 tadan 5 ta breyk-poyntni bajardi. Novak Jokovichning hisobiga esa ushbu uchrashuvda 3 ta ijobiy yakun va 2 ta xato hamda 15 tadan 5 ta breyk-poynt rasmiylashtirildi.
Ma’lumot uchun, mazkur g‘alaba ispaniyalik tennischining karerasidagi ikkinchi “Katta dubulg‘a” unvoni hisoblanadi. U 2022 yilda AQSH ochiq chempionatida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Shuningdek, Alkaras Jokovichga Uimbldonning sakkizinchi unvonini qo‘lga kiritishga va shveysariyalik Roger Federer bilan turnir finalida g‘alaba qozonishlar soni bo‘yicha tenglashishga imkon qoldirmadi.
LiveBarchasi