Jahonning ayni vaqtdagi eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Sport

image

“Clubelo” tahliliy portali jahonning ayni damdagi eng yaxshi murabbiylari reytingini tuzdi.

Reytingga ko‘ra, Angliyaning “Manchester Siti” klubini boshqarayotgan Xosep Gvardiola dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. 

Ushbu reytingda Ispaniyaning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone ikkinchi o‘rinda, Angliyaning “Tottenhem” jamoasi murabbiyi Joze Mourino esa uchinchi o‘rindan joy olgan. TOP-5 talikni “Liverpul”ni boshqarayotgan Yurgen Klopp va “Leypsig”ning sobiq murabbiyi Ralf Rangnik yakunlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Gvardiola “Barselona”dagi murabbiylik faoliyatidan so‘ng, 2013-2016 yillar davomida “Bavariya”ni boshqardi. So‘nggi 5 yil davomida esa u “Manchester Siti”da faoliyat olib bormoqda. 

Ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostidagi jamoa hozirda APL 20-turidan keyin jadvalda peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

APL Manchester Siti Liverpul' Gvardiola Klopp

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing