Jahongir Otajonovning to‘ylarda qo‘shiq kuylashiga ham taqiq qo‘yildi

Madaniyat-san’at

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 14 oktyabr kuni xonanda Jahongir Otajonovga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan AA-seriyali, 7422-son litsenziyaning amal qilishi tugatildi. 

Qonunan, litsenziyasidan mahrum etilgan san’atkorlarning qo‘shiqlar va kliplari, tele va radioefirlarda taqdim etilishi mumkin emas. Qolaversa, ular litsenziyasiz konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishi, to‘y, tug‘ilgan kun, yubiley kabi tadbirlarda qo‘shiq aytishiga ham taqiq o‘rnatiladi. Biroq, litsenziyasidan ayrilgan ayrim san’atkorlar bu tartiblarga rioya qilmay kelardi. 

“O‘zbekkonsert” Jahongir Otajonov bilan bog‘liq vaziyatda uning to‘y va tadbirlarda qo‘shiq kuylashini ham cheklamoqda. 

“Shu o‘rinda xonanda Jahongir Otajonovga konsert-tomosha, to‘y-yubiley va boshqa tantanalarda litsenziyasiz faoliyat ko‘rsatish qonunchilikka asosan javobgarlikka tortilishini eslatib o‘tamiz”, deyiladi muassasaning rasmiy xabarida.   

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 oktyabr kuni "O‘zbekiston" telekanali orqali efirga uzatilgan “Munosabat” tok-shousida studiya monitorida xonanda Jahongir Otajonovning yerga yotgancha qo‘shiq kuylayotgani, ustidan esa pul sochilayotgani tasvirlangan video namoyish etildi. Ushbu video Samarqand viloyati Urgut tumanida bo‘lib o‘tgan to‘yda suratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Otajonov

Baholaganlar

288

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing