Jahongir Ortiqxo‘jayev uchun kim muhim: xalqmi yoki tadbirkor?!
Jamiyat
−
28 mart 2019
10201Shu yilning 3 mart kuni Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Utopiya” tungi klubida bir nechta shaxslar tomonidan mushtlashuv aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo‘lgani haqida avval xabar bergan edik.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tomonidan Sergeli tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul chog‘ida ushbu tungi klub faoliyati yana tilga olindi.
O‘zAning yozishicha, sayyor qabul davomida Yangi Sergeli MFYda yashovchi Mirsoli Niyozov hokimga "Sergeli 8" mavzesida joylashgan “Utopiya” tungi klubining ish faoliyati aholini bezovta qilayotganini ma’lum qilgan.
Fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, tungi klubda tez-tez janjal bo‘lib turishi, yoshlar klub oldidan o‘tib-qaytishda muammo tug‘dirmoqda.
Jahongir Ortiqxo‘jayev mutasaddilarga o‘sha hududda Patrul-post xizmati nazorat butkasi o‘rnatish choralarini ko‘rish, tadbirkor faoliyati aholiga zarar keltirmasligi kerakligini ta’kidlagan.
LiveBarchasi