Jahongir Ortiqxo‘jayev 7 ta kompaniyasini sotib yuborganini ma’lum qildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining sobiq hokimi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zining 7 ta kompaniyasini sotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan “Biznes Marafon”da so‘z ochdi.

"7 ta kompaniyamni sotdim. Crafers'ni sotdim. Chunki men unda obro‘ qozonolmadim. Ya’ni, bu sohani, masalan oziq-ovqat ishlab chiqarishni eplashtirolmadim. Mediapark'ni sotdim. Kim ishlayotgan bo‘lsa, o‘shanga sotdim. Ecobozor'ni sotdim, Akfa Lighting'ni sotdim, Magic City'ni sotdim, Basalt'ni ham nemislarga sotdim”, deydi Ortiqxo‘jayev.

Shuningdek, u zalda yig‘ilganlarga motivatsiya berib, o‘zi tajribadan o‘tkazgan narsalari haqida aytib berdi.

“Men yoshligimda biroz erkaroq, erkinroq bo‘lganman–shu mening g‘alabam.  Lekin otam rahmatli biznes qilishimdan juda qo‘rqardi. Sen bir kun qamalib ketasan derdi. Yosh biznesga kirganman, o‘sha vaqtda mumkinmas hamma narsa. Judayam og‘ir vaziyatlar bo‘lgan. Lekin biznesdagi katta akalarimga nisbatan men sal muvaffaqiyatliroq bo‘lganman. Menga erkinlik bo‘lgani uchun shunaqa bo‘lgan.

Ko‘pchilik yoshlar mashina yutsam, minib yuraman deydi, kam sonli yoshlarimiz esa mashina yutsam uni sotib, yangi tadbirkorligimni yo‘lga qo‘yaman, deb javob beradi. Bu bilan nima demoqchiman, niyatni to‘g‘ri qiling va bor imkoniyatdan foydalanib, mavjud kapitalni rivojlantirishga, uni ko‘paytirishga harakat qiling. Siz o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘yib olsangiz, kelajakda mashinalar, uy-joylar o‘zi kelaveradi. Agar bor pulingizni mashina yoki biron hoy-havasga sarflasangiz unda tadbirkorlik qilolmaysiz”, deydi sobiq Toshkent hokimi.

Ma’lumot uchun, Jahongir Ortiqxo‘jayev 2021 yil 21 dekabrdan 2023 yil 16 yanvargacha Toshkent shahar hokimi lavozimida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made