Jahondagi yana bir til 10 yildan so‘ng yo‘q bo‘lib ketishi aytildi

Olam

image

Shotland (gel) tili favqulodda choralar ko‘rilmasa, 10 yil davomida o‘lik tillar ro‘yxatini to‘ldirishi mumkin, deb ma’lum qildi Shotlandiyadagi Xaylends va Aylends universitetining britaniyalik olimlari. Bu haqda “The Guardian” gazetasi yozmoqda.

"Biz og‘zaki tilda (gelcha) gapiradigan fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar asta-sekin yo‘qoladigan vaziyatga tushib qoldik. Bu tildan foydalanadigan odamlar birlashmasi buzilmoqda va gel tilini qo‘llab-quvvatlash uchun javobgar bo‘lganlarni topish kerak. Bu muammoni hal qilishning bir usuli. Mavjud vaziyatni saqlash (til nuqtai nazaridan) yanada kattaroq inqirozni keltirib chiqarishi mumkin", dedi Xaylends va Aylends universiteti professori va tadqiqot hammuallifi Konxur O'Gilligan.

Olimlarning ta’kidlashicha, hozirgi paytda doimiy ravishda gel tilini ishlatadigan atigi 11 ming kishi bor. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1980 yilga qadar shimoli-g‘arbiy Shotlandiya aholisining 80 foizidan ko‘prog‘i mazkur tilda gaplashgan. 2021 yilga kelib, u bilan suhbatlashuvchilar soni deyarli 45 foizgacha kamayishi kutilmoqda. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu holat tilni yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladi.

Olimlar, shuningdek, mintaqa yoshlari o‘z ona tillariga kamroq qiziqish bildirayotganini ta’kidlamoqda. 1981 va 2011 yillar orasida 3 dan 17 yoshgacha bo‘lgan shotland tilida so‘zlashadiganlar soni 3 ming kishiga kamaygan. 2011 yilda esa 2 mingdan kam voyaga yetmaganlar ota-bobolarining tilida so‘zlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shotlandiya

Baholaganlar

212

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing