Jahondagi eng keksa professional futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazildi

Sport

1_foto1_700

Misr futbol assotsiatsiyasi (EFA) jahondagi eng keksa professional futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu futbolchining ismi Iz Eldin Bahder bo‘lib, yoshi 74 da. U Misr chempionatining 3-dvizioni klubi “6 oktyabr” jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Futbolchining klub bilan kelishuvi tafsilotlari oshkor etilmagan. Bahder boshqa biror klubda tajriba orttirgani haqidagi ma’lumotlar ham mavjud emas.

Misr futbol assotsiatsiyasi va futbolchining shaxsan o‘zi u jahondagi eng keksa futbolchi ekanligini qayd etishlari uchun “Ginnesning rekordlar kitobi” vakillarini chaqirishgan. Bugunga qadar bu borada yaponiyalik Kadzuyosi Miura rekordchi hisoblanadi (53 yosh).

Miura joriy yilning yanvar oyida “Yokogama” futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Hujumchi Yaponiyaning ikkinchi dvizioni klubi tarkibida hamon to‘p surmoqda. U karerasining 34-mavsumini davom ettirmoqda. Yaponiyalik 261 o‘yin o‘tkazib, 26 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

Teglar

futbol

Baholaganlar

78

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing