Jahonda afyun yetishtirish bo‘yicha yetakchi davlat ma’lum qilindi
Bu qiziq
−
12 dekabr 2023
27045Myanma afyun ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi davlat deb tan olindi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hisobotida qayd etildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Myanma joriy yilda so‘nggi 20 yil ichidagi rekord miqdordagi – 1080 tonna afyun ishlab chiqargan. Bu esa 2022 yilga nisbatan 36 foizga ko‘p va hozirda 2001 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Jumladan, 2022 yil davomida ham mamlakatda ko‘knori ekish 18 foizga oshib, 47,1 ming gektarni qamrab olgan.
Harbiylar nazorati ostida bo‘lgan Myanmada o‘tgan yilda ko‘knori yetishtirish hajmi ham 33 foizga oshgan. BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi mintaqaviy vakili Jeremi Duglasga ko‘ra, o‘sish Myanmadagi siyosiy va iqtisodiy notinchlikka uzviy bog‘liq.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda afyun ekiladigan maydonlar uchdan bir qismga oshib, 40,1 ming gektarga yetgan.
"Myanmada har yili ishlab chiqariladigan opiyning qiymati 2 milliard dollarga yetishi mumkin, giyohvand moddalarning katta qismi qo‘shni davlatlar va jahon bozoriga olib chiqiladi", deyilgan hisobotda.