Jahon urushidan beri ilk marta boshqa davlat armiyasi Rossiyaga bostirib kirdi – “Bloomberg” 

Olam

image

Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta boshqa davlat armiyasi Rossiya Federatsiyasiga bostirib kirdi. Bu haqda “Bloomberg” yozmoqda.

Nashrning qayd etishicha, Ukrainaning Kursk viloyatidagi yutug‘i Rossiya mudofaasining zaifligini ko‘rsatdi va Prezident Vladimir Putinning rossiyaliklar himoyachisi sifatidagi imidjiga putur yetkazgan. Shu bilan birga, ukrainaliklarning ruhiyatini ko‘targan. Shuningdek, Kursk viloyatidagi vaziyat Kiyev hamda AQSH va Yevropa ittifoqchilari Moskvaning keskinlashuv tahdidlaridan qo‘rqmasligi kerakligi haqidagi argumentini kuchaytirgan.

“Ikkinchi jahon urushidan keyin birinchi marta boshqa davlat armiyasi Rossiyaga bostirib kirdi”, deya yozgan “Bloomberg”.

Rossiyaning Kursk viloyatida Ukraina qo‘shinlari tomonidan kam uchraydigan transchegaraviy hujum davom etgani sababli favqulodda holat e’lon qilindi. Rossiya rasmiylariga ko‘ra, hujum boshlanganidan beri kamida besh nafar tinch aholi halok bo‘lgan va 31 nafari yaralangan, ulardan olti nafari bolalar. Mahalliy hukumat aholini harakatlarini cheklashga va barcha ommaviy tadbirlarni bekor qilishga chaqirgan.

BBC'ning yozishicha, Ukrainaning Rossiya hududiga bostirib kirishi Rossiya 2022 yil fevralida keng ko‘lamli bosqinni boshlaganidan beri juda kam uchraydigan holatdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina qo‘shinlari Rossiyaning Kursk viloyatida joylashgan Sudja shahrining asosiy gaz tranzit nuqtasini egallab olgani haqidagi xabardan keyin 2024 yil uchun Yevropada gaz narxi eng yuqori darajaga ko‘tarilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ikkinchi jahon urushi Kursk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing