Jahon sayyohlari oqimi soni 1,5 milliardga yetdi

Bu qiziq

image

Jahon sayyohlari soni 2018 yilga nisbatan 54 millionga ko‘payib, 1,5 milliardga yetdi. Bu haqda BMT huzuridagi Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) xabar bermoqda.

Bu o‘tgan yilga nisbatan 4 foizga ko‘pdir deyiladi tashkilot ma’lumotida. Turistik oqimning oshishi ketma-ket o‘n yildan beri kuzatilmoqda. UNWTO’ning prognoziga ko‘ra, ushbu sur’at 2020 yilda ham saqlab qolinadi. Bu “turizm hozirgi noaniqlik sharoitida iqtisodiyotning yetakchi va barqaror sektori ekanligini tasdiqlaydi”. Tashkilot joriy yil xorijiy sayyohlar oqimi 3 foizdan 4 foizga oshadi deb hisoblamoqda. Eng ko‘p tashrif buyuriladigan joylar deb Tokioda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari va Dubayda namoyish qilinadigan Expo-2020 ko‘rgazmasi bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

O‘tgan yili dunyoning barcha mintaqalarida xalqaro tashriflar soni ko‘paygan. Biroq Brexit kabi omillar, jahondagi eng qadimgi turoperator Thomas Cook’ning bankrot bo‘lishi, geosiyosiy va ijtimoiy keskinlik va global iqtisodiyotning pasayishi bu boradagi sur’atning 2017-2018 yillarga nisbatan ancha sekinlashishiga sabab bo‘lgan. Bu Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida eng ko‘p namoyon bo‘ladi.

Xalqaro tashriflar sonining eng yuqori o‘sish sur’ati Yaqin Sharqda (o‘tgan yilga nisbatan 8 foiz), Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi o‘sish 5 foiz, Yevropa 4 foizni tashkil etmoqda. 2019 yilda Yevropa mamlakatlari 743 million xorijiy sayyohlarni qabul qildi. Bu dunyo bozorining 51 foizini tashkil etadi.

Sayyohlarni qabul qilish bo‘yicha yetakchi uchlikka Fransiya, Ispaniya va AQSH davlatlari kirgan.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turizm sayohat

Baholaganlar

19

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing