Jahon oziq-ovqat dasturi G‘azodagi faoliyatini to‘xtatdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturining (WFP) mashinasi G‘azo sektorida Isroilga qarashli nazorat-o‘tkazish punktiga yaqinlashayotganda unga kamida 10 ta o‘q uzilganidan so‘ng o‘z faoliyatini to‘xtatishini bildirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

"Bu qabul qilinishi mumkin emas. Gumanitar tashkilotlar nishon bo‘lmasligi kerak", degan WFP direktori Sindi Makkeyn.

U hozirgi ziddiyatni bartaraf etish tizimi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ta’kidladi va Isroil hukumati va barcha ishtirokchilarni yordam xodimlari xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi.

Shuningdek, bayonotda bu urush paytida sodir bo‘lgan birinchi xavfsizlik hodisasi emasligi, biroq standart protokolga ko‘ra, zarur ruxsatnomalar ta’minlanganiga qaramay, WFP vositasining nazorat punkti yaqinida ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qqa tutilishi ekanini ta’kidlangan.

Xodimlarning hech biri jabrlanmagan bo‘lsa-da, Jahon oziq-ovqat dasturi ushbu hodisa G‘azo sektoridagi gumanitar makonning torayib borayotganini, zo‘ravonlikning kuchayishi hayotni saqlab qoluvchi yordam yetkazilishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotganini bildirdi.

Ma’lumot uchun, BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi Bosh komissari Filipp Lazzarini joriy yilning 21 iyul kuni Isroil askarlari G‘azo vodiysida BMT karvoniga qarata o‘t ochgani va hech kim jabrlanmaganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azoda UNICEF avtomobillari o‘qqa tutilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo Jahon oziq-ovqat dasturi WFP

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing