Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt yana oshdi
Jamiyat
−
16 avgust 10659 2 daqiqa
2025-2026 o‘quv yilidan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bitta talaba uchun kontrakt narxi 15 foizga oshirildi. Bu haqda oliy ta’lim muassasasining matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, OTMning bakalavriatida tahsil oladigan 1-2-kurs talabalari uchun stipendiyasiz kontrakt summasi – 33 million 750 ming so‘m, stipendiyali kontrakt narxi esa 40 million 586 ming so‘m. 3-4-kurs talabalari uchun esa stipendiya olmasdan kontrakt to‘lash summasi 27 million 301 ming so‘m, stipendiyali kontrakt miqdori 34 million 137 ming so‘m etib belgilandi.
O‘zbekistonda doimiy yashash hujjatiga ega bo‘lgan, universitetning bakalavriatida tahsil oladigan xorijiy talabalar 38 million 400 ming so‘m, viza bilan kelgan xorijiy talabalar esa 44 million 800 ming so‘m to‘laydi.
Magistratura talabalari yangi o‘quv yilida 34 million 560 ming so‘m, agar har oyda stipendiya olgan holda tahsil olmoqchi bo‘lsa, 41 million 396 ming so‘m to‘lashi kerak.

“Universitetning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va ta’lim sifatini yuqori darajada saqlab turish maqsadida kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari yo‘lga qo‘yilmagani sababli universitetning moliyaviy barqarorligining katta qismi kunduzgi ta’lim shakli to‘lov-kontrakt hisobidan amalga oshirilmoqda”, deyilgan OTM izohida.
Eslatib o‘tamiz, 2024-2025 o‘quv yilida ushbu oliy ta’lim muassasasida kontrakt narxlari qancha bo‘lgani haqida yozgan edik.
Live
Barchasi