Jahon chempionini Saudiyaning ikki klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Sport
−
11 Iyul 2023 3688 1 daqiqa
Italiyaning “Yuventus” klubi Pol Pogbani 10 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi fransiyalik yarim himoyachiga 100 million yevro va bonuslar evaziga 3 yillik shartnoma taklif qilgan. Shuningdek, futbolchi Saudiyaning yana bir klubi “Al-Ahli”dan taklif olgan.
Futbolchi esa hali “Yuventus”ni tark etish-etmasligi borasida bir qarorga kelgani yo‘q.
Pogba o‘tgan yozda “Yuventus”ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. U o‘tgan mavsumning juda katta qismini jarohati sabab o‘tkazib yubordi. 30 yoshli futbolchi ortda qolgan mavsum “keksa senora” safida umumiy 10 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Pogbaning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt”ga ko‘ra, uning qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr