Pogba Saudiyadagi tuya poygasiga sarmoya kiritdi
Sport
−
10 dekabr 1080 1 daqiqa
Fransiyalik futbolchi Pol Pogba Saudiyadagi tuya poygasi jamoasiga sarmoya kiritdi va bu sport turiga sarmoya kiritgan birinchi professional futbolchiga aylandi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Pogba dunyodagi ilk professional tuya poygasi jamoasi hisoblangan Saudiya Arabistonining “Al Haboob”ga sarmoya kiritgan. Tashkilotchilarga ko‘ra, bu jamoa sportning ilk professional ligasini yaratish yo‘lida poydevor qo‘ygan. Pogba jamoaga ham aksiyador, ham elchi sifatida qo‘shilgan.
“Al Haboob” bilan kuchlarni birlashtirganimdan juda xursandman. Faoliyatim davomida ko‘plab takliflar bo‘lgan, ammo bu tashabbus menga boshqacharoq tuyuldi. Bu madaniyat, meros va hikoya qilish haqida edi. “Al Haboob” oilasiga qo‘shilish men uchun tabiiy qaror bo‘ldi”, deydi Pogba.
Pogba, shuningdek, o‘zini har doim yangi narsalarni sinab ko‘rishga intiladigan inson sifatida ta’riflab, jamoaga qo‘shilishi uning maydondagi va maydondan tashqaridagi o‘ziga xosligiga mos kelishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Pol Pogba va 70 dan ortiq sportchi Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA)dan Isroilni futboldan chetlashtirishni talab qilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi