Jahon chempionatining barcha chorak finalchilari ma’lum bo‘ldi
Sport
−
08:53 5628 1 daqiqa
Bugun, 8 iyul kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichi yakunlandi va chorak finalda ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi aniq bo‘ldi.
Nimchorak finalning so‘ngi kungi bahslari Shveysariya va Kolumbiya hamda Argentina va Misr terma jamoalari o‘rtasida kechdi.
Dastlab Atlantada bo‘lib o‘tgan bahsda amaldagi chempionlar 0:2 hisobida ortda bora turib, kambek amalga oshirgan bo‘lsa, Shveysariya penaltilar seriyasida kolumbiyaliklarni 4:3 hisobida mag‘lub etib, 1954 yildan buyon ilk bor Jahon chempionati chorak finaliga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Jahon chempionatining chorak final juftliklari to‘liq shakllandi. Joriy yilning 10 iyul kuni Foksboroda Fransiya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 1/4 final bosqichini boshlab bersa. 10 iyul kuni Los-Anjelesda Ispaniya Belgiyaga qarshi maydonga tushadi. 11 iyul kuni Mayamida Norvegiya va Angliya kuch sinashadi. Chorak finalning so‘nggi uchrashuvi esa 12 iyul kuni Kanzas-Sitida Argentina va Shveysariya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Yarim final bahslari 14 iyul kuni Arlingtonda, 15 iyul kuni esa Atlanta shahrida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA mundialning yarim finali va finalida ishlatiladigan to‘pni taqdim etgandi.
Live
Barchasi