Jahon chempionatining 2 mln chiptasi sotildi

Sport

image

2026 yili futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun hozirgacha qariyb ikki million chipta sotildi. Chiptalar dunyoning 212 ta mamlakatidagi muxlislar tomonidan xarid qilingan. Bu haqda FIFA rasmiy sahifasida xabar berildi.

FIFA ma’lumotlariga ko‘ra, chiptalarni sotishning dastlabki ikki bosqichida uch mezbon davlat AQSH, Kanada va Meksika aholisi eng ko‘p xarid qilgan. Ularning ortidan Angliya, Germaniya, Braziliya, Kolumbiya, Ispaniya, Argentina va Fransiya muxlislari eng faol xaridorlar qatoridan joy olgan.

Chiptalar savdosining navbatdagi bosqichi joriy yilning 11 dekabr kuni boshlanadi. Muxlislar ushbu bosqichga 2026 yil 13 yanvargacha ariza topshirishlari mumkin. Turnir yaqinlashgani sari qolgan chiptalarni mavjud bo‘lgan taqdirda “birinchi kelgan birinchi oladi” tartibida xarid qilish imkoniyati taqdim etiladi.

Hozirga qadar 42 ta terma jamoa 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Guruh bosqichi juftliklarini aniqlab beradigan yakuniy qur’a tashlash marosimi joriy yilning 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati uchun qur’ada 3-savatchadan o‘rin olishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati ikki million chipta 212 ta mamlakat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing