Jahon chempionati: o‘zbekistonlik 3 nafar dzyudochi mag‘lubiyatga uchradi

Sport

image

Bugun, 7 oktyabr kuni Toshkentda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida 3 nafar o‘zbekistonlik sportchi tatamiga chiqdi.

Dastlab, -66 kg vazn toifasida Sardor Nurillayev  ukrainalik Bogdan Yadov qarshi bahs olib bordi va mag‘lubiyatga uchrab, 1-bosqichdayoq musobaqadgi ishtirokini yakunladi.

Diyora Keldiyorova (-52 kg) marokashlik raqibasi Sumiya Iraui tatamiga chiqmagani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2-bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Biroq ikkinchi bosqichda braziliyalik Larisa Pimentaga qarshi bahs olib borgan Diyora qo‘shimcha daqiqalarda mag‘lubiyatga uchradi

Yana bir o‘zbekistonlik dzyudochi Sita Qadamboyeva (-52 kg) portugaliyalik Joana Diogo imkoniyatni boy bergan holda musobaqa bilan hayrlashdi.

Ma’lumot uchun, Toshkentdagi jahon chempionati 14 oktyabrga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Diyora Keldiyorova Sardor Nurillaev Sita Qadamboeva

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing