Jahon chempionati uchrashuvi vaqti o‘zgarishi mumkin

Sport

image

FIFA Meksika va Angliya o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 final uchrashuvining boshlanish vaqtini kuchli momaqaldiroq xavfi sababli o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi

Uchrashuv Meksika poytaxtidagi mashhur “Asteka” stadionida bo‘lib o‘tadi. Dastlab o‘yin joriy yilning 5 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanishi rejalashtirilgan edi.

Manbaga ko‘ra, ob-havo sharoiti inobatga olinib, bahsni 4 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 ga ko‘chirish varianti muhokama qilinmoqda. Biroq bu borada hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Ma’lumot uchun, FIFA musobaqalari reglamentiga muvofiq, futbolchilar, rasmiylar va muxlislar xavfsizligi birinchi o‘rinda turadi. Shu bois kuchli chaqmoq, momaqaldiroq yoki boshqa xavfli ob-havo sharoitlari yuzaga kelgan taqdirda o‘yinlarni kechiktirish yoki boshqa vaqtga ko‘chirish amaliyoti qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing