Sobiq Prezident Jeenbekovni jazolash talab qilinmoqda

Olam

image
O‘xshash taqdirlar: Qirg‘iziston Prezidentlari lavozimidan qanday ketgan? north_east

O‘xshash taqdirlar: Qirg‘iziston Prezidentlari lavozimidan qanday ketgan?

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Sooronbay Jeenbekovni 2020 yil 5 oktyabrda kuchishlatar tuzilmalarga namoyishchilarni tarqatib yuborishga buyruq bergani uchun javobgarlikka tortish talab qilinyapti. Mazkur mitingni tarqatish vaqtida jabrlanganlar shunday talab chiqdi, deb xabar bermoqda 24.kg nashri.

Jabrlanganlar Bosh prokuror Qurmanqul Zulushevga murojaat qilishgan. Ular Bosh prokurordan Jeenbekovni sobiq Prezident unvonidan mahrum qilishni so‘ragan.

Shikoyatchilar o‘z huquqini himoya qilish uchun “Kirgiz Umutu” oktyabr xalq inqilobi qahramonlari” jamoat birlashmasini tuzgan.

Eslatib o‘tamiz, 5 oktyabrdagi namoyishlar Qirg‘izistonda parlament saylovi o‘tkazilishi bilan boshlangandi. 5 dan 6 oktyabrga o‘tar kechasi namoyishchilar Hukumat, Prezident administratsiyasi va tergov hibsxonasini egallab olgandi.

O‘sha kechada tartibsizliklar natijasida 1,2 mingdan ortiq odam jarohatlangan, bir kishi halok bo‘lgan. 100 ga yaqin odam shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sooronbay Jeenbekov

Baholaganlar

461

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing