Jeenbekov Japarovni poraxo‘rlikda ayblagan faolni sudga bermoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Sooronbay Jeenbekov qamoqdagi faol Melis Aspekovni tuhmat qilishda ayblab, sudga bermoqchi. Bu haqda Vesti.kg Jeenbekovning advokati Asilbek Qo‘chqorovga tayanib xabar berdi.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Aspekov firibgarlik, jinoiy harakatlar bilan o‘zini obro‘sizlantirgan va endi jamoatchilik e’tiborini o‘z shaxsidan boshqa narsalarga chalg‘itishga harakat qilmoqda.

“Aspekovning mojaroli tarjimai holi bilan tanishgan har qanday aql-idrokka ega kishi, o‘zini firibgarlik, jinoiy harakatlar bilan obro‘sizlantirgan shaxsning ahmoqona urinishi ekanligini va tez orada u sud oldida javob berishini tushunib yetadi”, deydi Qo‘chqorov.

Bundan tashqari, sobiq Prezidentning advokatlari Aspekovni tuhmat uchun sudga bermoqchi.

“U oddiy va o‘zi uchun odatiy yo‘l – tuhmat va bo‘hton, yolg‘on bayonotni tanladi. Aspekovning ushbu bayonoti ochiqdan-ochiq yolg‘on va biz uni tuhmat uchun sudga berish niyatidamiz”, deya qo‘shimcha qilgan advokat.

Eslatib o‘tamiz, Melis Aspekov Qirg‘izistonning amaldagi Prezidenti Sadir Japarov saylov kampaniyasi uchun Sooronbay va Asilbek Japarovlardan 10 mln dollar olganini iddao qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sooronbay Jeenbekov Sadir Japarov

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing