Jeenbekov Nazarboyevning holidan xabar oldi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev koronavirusga chalingani haqida xabar bergan edik. Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlaridan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov Nazarboyevga qo‘ng‘iroq qilib, uning holidan xabar oldi.

Suhbat davomida Sooronboy Jeenbekov Elboshiga tezroq oyoqqa turishini va yaqin kelajakda qozoq xalqi manfaati uchun doimiy ish faoliyatiga qaytishini tilagan. 

Nursulton Nazarboyev samimiy so‘zlari uchun Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentiga minnatdorlik bildirib, ikki qardosh davlatlar o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirgan.  

Elboshi Matbuot xizmatining alohida urg‘ulashicha, suhbat qirg‘iz tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. Biroq, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti rasmiy saytida bu haqda ma’lumot berilmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Sooronboy Jeenbekov

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing