Zelenskiyning rafiqasi siyosat bilan shug‘ullanishni istamasligini ma’lum qildi

Olam

image

Ukraina Prezidentining rafiqasi Yelena Zelenskaya Birinchi xonim bo‘lishni to‘xtatganidan keyin o‘zini siyosatda ko‘rmasligini aytdi. Bu haqda u “RBK-Ukraina”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Bu mening soham emas. Men buni xohlamayman, men bunga intilmayman. Shuning uchun, bu hech qachon sodir bo‘lmaydi", degan Zelenskaya.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijga safari chog‘ida u nafaqat gumanitar masalalarni ko‘tarishi, balki Kiyevga qurol yetkazib berishni ham so‘rashi kerak. 

“Men har doim qurol haqida faqat tinch aholini himoya qilish nuqtai nazaridan gapiraman. Va, albatta, men har doim katta diplomatik korpusimiz, Prezident devonimiz bilan nima deyishim, nima qila olishim haqida maslahatlashaman. Men faqat o‘z nomimdan gapira olaman. Va men buni qilishda davom etaman”, deydi Zelenskaya qurol so‘rash Birinchi xonimlarga xos emasligini ta’kidlab. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Birinchi xonim davlat rahbarining qarorlariga ta’sir o‘tkaza olmaydi va Prezident u bilan bu borada maslahatlashmaydi.

Shuningdek, Zelenskaya 2023 yilda Birinchi xonimlar va janoblarning uchinchi sammitini o‘tkazish rejalashtirilganini aytgan. Kiyev tadbir uchun joy ajratmoqchi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbir kuzda bo‘lishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 16 may kuni Seulga borgan Ukraina Birinchi xonimi Yelena Zelenskaya Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yoldan Kiyevga havo hujumidan mudofaa tizimlari va zamonaviy texnologiyalar bilan yordam berishni so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy Elena Zelenskaya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing