Zelenskiyning muzokaralarda ishtirok etishi unchalik muhim emas – Tramp

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya urushini tugatish to‘g‘risidagi muzokaralarda ishtirok etishi shart emas edi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 21 fevral kuni “Fox News radio” bilan suhbatda so‘z ochdi.

Trampning aytishicha, so‘nggi uch yil ichida Ukraina Prezidenti “uchrashuvlar o‘tkazgan” va hanuzgacha mojaroga chek qo‘ya olmagan.

“Rostini aytsam, men uning yig‘ilishlarda hozir bo‘lishi juda muhim deb o‘ylamayman. Zelenskiy Saudiya Arabistonida uchrashishga taklif qilinmadi. Aytmoqchimanki, bu ustuvor emas edi, chunki u haligacha ham yaxshi muzokara qilmadi. Ukrainada o‘ynash mumkin bo‘lgan kartalar yo‘q”, dedi Tramp.

Donald Tramp, shuningdek, oldingi AQSH prezidenti Jo Bayden va Zelenskiy urushning oldini olishi mumkinligini ta’kidladi.

“Har safar aytaman: “Bu Rossiyaning aybi emas”. Meni har doim soxta xabarlar uchun tanqid qilishadi. Ammo sizga aytamanki, Bayden noto‘g‘ri narsalarni aytgan, Zelenskiy noto‘g‘ri gaplarni gapirgan, ularga katta va kuchli odam hujum qildi. Ammo Rossiyani bundan osonlikcha qaytarish mumkin edi”, deb ishonadi Tramp.

Shu bilan birga, AQSH Prezidenti har ikki tomon bilan muloqotni davom ettirishini ta’kidladi.

“Men Rossiya va Ukraina bilan muzokaralar olib boraman”, dedi u.

Ar-Riyoddagi so‘nggi rus-amerika muzokaralaridan so‘ng, Donald Tramp Zelenskiyni keskin tanqid qildi. AQSH Prezidenti, xususan, Zelenskiyni “diktator” deb atadi va Ukrainadagi prezidentlik saylovlari o‘tkazishga ham chaqirdi.

“Bloomberg”ning manbalariga tayanib yozishicha,  Kreml Trampning Zelenskiyga nisbatan keskin ohangini kutmagan. Manbaning qayd etishicha, Rossiya rasmiylari Trampning muzokaralar strategiyasini to‘liq tushunmaydi va bu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tuzoq va kutilmagan burilishlardan ham ehtiyot bo‘lishadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Donal'd Tramp Rossiya-Ukraina Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing