Zelenskiyning bayonotidan so‘ng Moskva aeroportlarida reyslar bekor qilindi
Olam
−
11:42 1558 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya havo hududini yopish haqidagi bayonotidan so‘ng Moskvadagi 3 ta yirik aeroportda 77 ta reys kechiktirildi yoki bekor qilindi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 77 ta reysning 40 tasi Sheremetevoda, 20 tasi Domodedovoda va 17 tasi Vnukovoda kechiktirilgan yoki bekor qilingan. Ayrim reyslar 6 soatgacha, Antaliyadan kelayotgan reys esa 9 soatdan ko‘proq vaqtga kechiktirilgan.
Shuningdek, Turkiyaning Pegasus aviakompaniyasi Vnukovoga amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 6 ta reysni bekor qilgan. Yo‘lovchilarga chiptalarni boshqa sanaga ko‘chirish yoki pulni qaytarish taklif qilingan.
Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 2 sentyabr kuni tunda mamlakatning 11 ta hududi ustida 130 ta Ukraina droni yo‘q qilingan. Moskva meri Sergey Sobyaninning aytishicha, poytaxt tomon uchgan 12 ta dron urib tushirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 1 sentyabr kuni Vladimir Zelenskiy Rossiya havo hududi fuqarolik aviatsiyasi uchun xavfli bo‘lib borayotganini aytgan edi. U Rossiya havo hududidan foydalanayotgan aviakompaniyalar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa tomonlarni ogohlantirgan. Shundan so‘ng Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Zelenskiyning bayonotini “davlat terrorizmiga da’vo” deb atagan.
Live
Barchasi