Zelenskiyga ukrainaliklarning necha foizi ishonadi?
Olam
−
20 may 19022 2 daqiqa
Ukrainaliklarning Prezident Vladimir Zelenskiyga ishonch darajasi joriy yil mart oyining birinchi yarmidagi 69 foizdan 74 foizgacha o‘sdi. 22 foizi unga ishonmaydi. Bu haqda Kiyev Xalqaro Sotsiologiya Instituti (KIIS) tomonidan 2025 yilning 2-12 may kunlari aholi orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarida qayd etilgan.

So‘rovnoma 18 yosh va undan katta bo‘lgan 1010 nafar respondent o‘rtasida Ukrainaning barcha hukumat nazorati ostidagi hududlarida mobil telefon raqamlarining tasodifiy tanlanishi asosida telefon orqali suhbatlar yordamida o‘tkazildi. Ro‘yxatda ko‘ngilli Sergey Pritula ham bor edi, unga ukrainaliklarning 50 foizi ishonadi, 38 foizi esa ishonmaydi. Kiyev meri Vitaliy Klichkoning ishonch darajasi ancha yuqori (garchi salbiy balansga ega bo‘lsa ham): aholining 43 foizi unga ishonadi, 47 foizi esa ishonmaydi (balans – 4 foiz).
Respondentlarning 27 foizi deputat Aleksey Goncharenko ga ishonadi, 41 foizi ishonmaydi. 27 foiz qatnashchi fraksiyasiz xalq deputati Dmitriy Razumkovga ishonadi, 32 foiz unga ishonmaydi, 34 foiz kishi esa uning kimligini bilmaydi.
Sobiq prezident Pyotr Poroshenkoning reytingi quyidagicha: 25 foiz ishonadi, 70 foiz ishonmaydi. “Batkivina” partiyasining yetakchisi Yuliya Timoshenkoning ishonch darajasi past: 80 foiz unga ishonmaydi, 14 foiz esa unga ishonadi.

Prezident devonining sobiq maslahatchisi Aleksey Arestovich va rossiyaparast siyosatchi Yuriy Boykoga (har biri 7 foizdan), shuningdek, sobiq deputat, taqiqlangan “Nashi” partiyasi yetakchisi Yevgeniy Murayevga (6 foiz ishonch) ukrainaliklar kamroq ishonadi.
2024 yilning fevraliga nisbatan Zelenskiyga ishonch oshdi, Pritula va Poroshenkoga ishonch pasaydi, Klichko va Timoshenkoga ishonch deyarli o‘zgarmadi. Dmitriy Razumkov va Arestovich misolida ularni bilmaganlar ulushi sezilarli darajada oshgan.
Sotsiologlarning qayd etishicha, Ukrainaning barcha hududlarida aholining aksariyati Prezidentga ishonch bildiradi va so‘rov natijalariga ko‘ra, ko‘rsatkichlardagi farq unchalik katta emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada aholi orasida tinchlikka erishish uchun Rossiyaga hududiy imtiyozlar berish borasida o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashganlarning 32 foizi tinch-totuv yashash uchun o‘zlari yashab turgan yerlarni Rossiyaga berishga rozi ekanligini bildirgandi.
Live
Barchasi