Zelenskiy yil boshidan beri Rossiya uchirgan raketa va dronlarni sanadi

Olam

image

Yil boshidan buyon Rossiya Ukraina shaharlariga 330 dan ortiq raketa va 600 ga yaqin jangovar dronlarini uchirdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

“Bunday terrorchilar bosimiga qarshi turish uchun yetarlicha kuch kerak va biz hamkorlarimiz bilan birgalikda aynan mana shunday havo qalqonini qurmoqdamiz. Biz Ukraina osmonini himoya qilishimiz kerak. Frontdagi pozitsiyalardan tortib, shifoxonalar va maktablargacha  xavfsizlikni ta’minlash uchun ham bu juda muhim", deb yozgan u.

Zelenskiy shuningdek, havo hujumidan mudofaa va elektron vositalar asosiy ustuvor masala ekanini ta’kidlagan.

"Rossiya terrorini yengish kerak. Eng asosiysi buni eplasa bo‘ladi", deya qo‘shimcha qilgan Ukraina yetakchisi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy ukrainalik harbiy asirlarni almashish uchun olib ketayotgan Rossiyaning Il-76 harbiy samolyotining halokatga uchrashi ortidan xalqaro tergov o‘tkazilishini talab qilib chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya raketa Vladimir Zelenskiy dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing