Zelenskiy Yevropaning eng kuchli odami. Putin yil omadsizi – “Politico”
Olam
−
08 dekabr 2022
4516Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2022 yilda Yevropaning eng kuchli odami deb tan olindi. Bu haqda “Politico” gazetasi yozmoqda.
Nashrning qayd etishicha, Yevropa o‘zgarmoqda. Qit’a o‘zining strategik munosabatlarini qayta ko‘rib chiqmoqda va mudofaaga jiddiy yondashmoqda. Shuningdek, Yevropa savdo va energiya xavfsizligi bo‘yicha siyosatni qayta ko‘rib chiqmoqda. Bunga asosiy sabab esa Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiydir.
Ta’kidlanishicha, Yevropa va Ukraina o‘rtasida yaqin aloqalar bir-necha marta o‘rnatilgan. Biroq ularning barchasi barbod bo‘lgan.
Yevropa Ukrainaning boshqa yetakchilaridan farqli ravishda Zelenskiyga nafaqat ishonmoqda, balki uning qilayotgan ishlaridan hayratga tushmoqda. Shuning uchun qit’a yetakchilari 44 yoshli, yashil futbolka kiygan Prezident bilan rasmga tushish uchun Kiyev tomonga “yugurmoqda”. Zelenskiyning yonida turgan siyosatchilar e’tiborga tushishni xohlaydi.
Vladimir Zelenskiy Yevropaning qolgan qismini ularning taqdiri Ukraina bilan bog‘liq ekanligiga ishontira oldi. Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan oldin juda ozchilik bunga ishonar edi. Zelenskiyning ritorikasi u qarshi kurashayotgan Rossiya rejimining maqsadlarini aniq ifodalaydi va Yevropaning xususan, Germaniyaning va Fransiyaning Moskva bilan hamkorlik qilish mumkinligi haqidagi ishonchini yo‘qotadi.
"Politico”ga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin “2022 yilda Yevropaning omadsizi deb topilgan.
“Vladimir Putinning buyuk Rossiya haqidagi orzusi amalga oshishi dargumon. Uning orzusi Ukrainaga to‘liq miqyosli hujumi boshlangani kabi tez parchalana boshladi. Rossiya Prezidenti mojaroning Ukrainani “natsistlar”dan tozalashga qaratilgan “maxsus harbiy operatsiya” degan ta’rifiga yopishib olgan bo‘lsa ham, Kiyevga qisqa muddat tahdid qilgan rus qo‘shinlari mamlakat sharqini zo‘rg‘a ushlab turibdi”, deyiladi Rossiya yetakchisi haqidagi maqolada.
Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lovrov Yevropaning “qora diplomati” sifatida qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz. “Financial Times” va “The Time” nashrlari Vladimir Zelenskiyni “Yil odami” deb e’tirof etgan.
LiveBarchasi