Vladimir Zelenskiy “Yil odami” deb topildi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2022 yilda “Yil odami” deb topildi. Zelenskiyga bu e’tirofni nufuzli “Financial Times” nashri bergan.

Nashrning yozishicha, Vladimir Zelenskiy joriy yilning fevral oyida Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, g‘ayrioddiy yetakchilik va matonat namoyish qilib, tarixda o‘z o‘rnini egallagan.

Shuningdek, Zelenskiy Ukraina xalqining Rossiyaning agressiyasiga qarshi kurashdagi jasorati va matonati timsoliga aylangan. Xuddi shu sabablar bilan Zelenskiy “Yil odami” deb topilgan.

Ukraina Prezidenti kundalik murojaatlari bilan Ikkinchi jahon urushidagi Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchillga qiyoslangan. Ya’ni Uinston Cherchill ham Jahon urushi davrida Britaniya xalqini birlashtirish uchun Rossiya xalqiga murojaat qilgan.

Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda G‘arbni Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatishga chaqirib keladi.

Qayd etilishicha, Ukraina Prezidenti yevropaliklarni Putinga qarshi turish uchun katta xarajatlarni o‘z zimmasiga olishga va Kiyevga Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish yo‘lini taklif qilishga ko‘ndirgan.

Urush endi boshlangan paytlarda Zelenskiy Amerika Qo‘shma Shtatlarining evakuatsiya borasidagi taklifini qabul qilish o‘rniga mamlakatda qolib kurashishni afzal ko‘rdi. Jurnalistlarning fikriga ko‘ra, uning bu qarori Ukraina xalqini Rossiyaga qarshi kurashda ilhomlantirgan. Bu esa G‘arb davlatlari uchun kutilmagan yangilik bo‘lgan. Chunki ularning Ukraina rahbarlaridan umidlari past edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing