Zelenskiy Yaponiya bilan muhim kelishuvga erishdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi Kiyevga xavfsizlik kafolatlarini beruvchi ikki tomonlama hujjat ustida ish boshlashga kelishib oldi. Bu haqda bugun, 9 sentyabr kuni Zelenskiy o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Biz G7 deklaratsiyasini ishlab chiqishda xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv bo‘yicha muzokaralarni boshlashga kelishib oldik”, deb yozgan Zelenskiy.

Qayd etish joizki, Zelenskiy oldinroq G7 deklaratsiyasiga 20 dan ortiq davlat qo‘shilganini ma’lum qilgan. Ukraina allaqachon Buyuk Britaniya, Kanada va AQSH bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlagan.

Ma’lumot uchun, NATOning iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tgan sammiti arafasida G7 davlatlari Ukraina uchun uzoq muddatli xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilgan. Hujjatda, xususan, Kiyev muhim harbiy salohiyatga ega bo‘lishi kerakligi aytilgan. Ukraina rasmiylari Yevropa davlatlari bilan ikki tomonlama kelishuvlar shu yil oxirigacha tuziladi, deb umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak Kiyev Ukraina uchun xavfsizlik kafolatiga aylanishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni 51 taga yetishini taxmin qilayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Zelenskiy kelishuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing