Zelenskiy yana prezidentlikka saylanishiga qizi qarshi ekanini aytdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning katta qizi uning ikkinchi muddatga saylanishini istamaydi. Bu haqda davlat rahbarining o‘zi ma’lum qildi.  

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, uning Prezidentligi oilasiga katta zarar yetkazgan. 

“Qizim bu mavzuni ko‘taradi, u mening ikkinchi muddatga saylanishimni xohlamaydi”, degan Zelenskiy “Svetskaya jizn” dasturida. 

Shuningdek, u kelasi yili maktabni bitiruvchi qizining qayerda o‘qishini aytgan. 

“Faqat shu yerda (o‘qiydi — tahr.), Chunki men boshqa davlat emas, Ukraina Prezidentiman. Bu mening xohishim va biz u bilan shunday kelishuvga egamiz. Garchi bu unga juda qiyin, chunki agar u chet elda o‘qiganida, qo‘riqchilarsiz o‘qishi mumkin edi. Men bilishimcha, u xalqaro iqtisod bilan shug‘ullanmoqchi”, degan Prezident. 

Ukrainada tahliliy markazlardan birida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, joriy yilning iyunidan sentyabrigacha Zelenskiyning reytingi 32 foizga ko‘tarilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Zelenskiy 2019 yilning bahorida Ukraina Prezidenti bo‘ldi. Saylovning birinchi bosqichi natijalariga ko‘ra, u barcha nomzodlar orasida eng ko‘p ovoz to‘plagan (30,24 foiz). Saylovning ikkinchi bosqichida Zelenskiy 73,22 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Keyin u faqat bir muddatga Prezident etib saylanganini ma’lum qildi. Ukrainada navbatdagi Prezident saylovi 2024 yilda bo‘lib o‘tadi.  

Avvalroq, Zelenskiyning ofshor sxemalarga aloqadorligi haqidagi ma’lumot uning ikkinchi muddatga qayta saylanish istiqbollariga nuqta qo‘yishi aytilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing