Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasidagi ziddiyat harbiy strategiyaga ta’sir qilmoqda – “Bloomberg”

Olam

image

Vashington rasmiylari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy o‘rtasidagi kelishmovchiliklar Kiyevning harbiy strategiyasini ishlab chiqishni sekinlashtirayotganidan xavotirda. Bu haqda manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

Aytilishicha, Ukraina harbiylari hozir 2024 yilga mo‘ljallangan rejalarni ishlab chiqmoqda, biroq bunga Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasidagi kelishmovchiliklar to‘sqinlik qilmoqda.

“AQSH Kiyevni qanday qilib yaxshiroq qo‘llab-quvvatlashini tushunmoqchi. Ittifoqchilar Vashington kelasi oygacha yangi yordam ko‘rsatishiga umid qilmoqda, ammo AQSHda bu haqda hali hech qanday reja yo‘q”, deydi manbalar.

O‘tgan yilning kuzidan beri Ukraina va G‘arb ommaviy axborot vositalari Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasida qarama-qarshiliklar mavjudligi haqida muntazam ravishda xabar berishni boshladi. Zalujniy “The Economist” gazetasiga bergan intervyusida Ukrainadagi urush boshi berk ko‘chaga kirib qolganini, Ukraina qo‘shinlari frontda muvaffaqiyatga erisha olmasligini aytdi. Ukraina Prezidenti devoni esa Zalujniyning so‘zlarini tanqid qildi. 

"Strana" nashrining yozishicha, Qurolli Kuchlar Bosh qo‘mondonining bayonotlari Ukraina siyosiy doiralarida uning prezidentlik ambitsiyalari borligi haqidagi taxminlarga sabab bo‘ldi. Mahalliy matbuotda Zalujniyning iste’foga chiqishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Valeriy Zalujniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing