Zelenskiy Ukrainaning Kurskdagi operatsiyasidan maqsad nimaligini aytdi
Olam
−
19 avgust
22581Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatidagi maqsadi “bufer zonasini yaratish” ekanligini aytdi. Bu haqda u kecha, 19 avgust kuni, kechki murojaatida so‘z ochdi.
“Agressor hududida bufer zonani yaratish bizning Kursk viloyatidagi operatsiyamizdir”, deydi Prezident.
U, shuningdek, Kiyevning ittifoqchilarini harbiy yordam yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi.
“Bosh qo‘mondon Sirskiydan Ukraina sharqidagi vaziyat, Kursk viloyatidagi operatsiya, “almashinuv fondi” va brigadalarimiz – zaxiralarimizni o‘q-dorilar va qurol-yarog‘lar bilan ta’minlash to‘g‘risida hisobot oldim. Yigitlarimiz barcha frontlarda ajoyib natijalarga erishmoqda. Biroq, bizning hamkorlarimiz tezroq qurollar yetkazib berishi kerak. Biz buni qattiq so‘raymiz. Urushda ta’til yo‘q. E’lon qilingan yordam paketlari uchun o‘z vaqtida logistika kerak. Men, ayniqsa, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyaga murojaat qilaman”, deydi Zelenskiy.
Ma’lumot uchun, 6 avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatiga hujum boshladi. 9 avgust kuni mintaqada federal darajadagi favqulodda holat joriy etildi. 10 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Milliy aksilterror qo‘mitasi Belgorod, Kursk va Bryansk viloyatlarida terrorizmga qarshi operatsiya rejimini joriy qildi. 12 avgust kuni Belgorod viloyatining Ukraina bilan chegaradosh Krasnoyarujskiy tumanida evakuatsiya boshlandi.
LiveBarchasi