Zelenskiy Ukraina yangi brigadalar tuzayotganini aytdi

Olam

image

Ukraina Qurolli kuchlari yangi brigadalar tuzmoqda, biroq ularga G‘arb qurol-yarog‘ va texnikasi kerak. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy onlayn formatda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishi ishtirokchilariga murojaatida aytib o‘tdi.

"Biz hozirda o‘z pozitsiyalarimizni mustahkamlash uchun yangi brigadalarni tuzmoqdamiz, ular xuddi frontda faoliyat yuritayotgan brigadalarimiz kabi yordamga muhtoj", deydi Zelenskiy.

Prezident bu yordam yetarli va o‘z vaqtida bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, Kiyevga birinchi navbatda uzoq masofaga uchuvchi raketalar, F-16 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari va ular uchun kamida yettita Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi va raketalari zarur.

O‘z navbatida, AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin yig‘ilish boshlanishidan oldin so‘zlagan nutqida G‘arb hamkorlaridan Ukrainaga F-16 samolyotlarini yetkazib berish joriy yilda boshlanishini aytdi.

Ukraina uzoq vaqtdan beri hamkorlaridan unga F-16 qiruvchilarini topshirishni so‘rab keladi. Biroq G‘arb uchuvchilar va yerdagi xizmat xodimlarini tegishli tayyorgarlikdan o‘tkazmasdan turib, Kiyevni bunday samolyotlar bilan ta’minlash mumkin emasligini ta’kidlamoqda. Daniya, Niderlandiya, AQSH va boshqa bir qator G‘arb davlatlari hozirda ukrainalik uchuvchilarni tayyorlashda faol ishtirok etmoqda. Fevral oyi oxirida Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen F-16 samolyotlarining birinchi partiyasi joriy yilning bahorida Ukrainaga yetib kelishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Belgiya Bosh vaziri Aleksandr de Kroo F-16 qiruvchi samolyotlari yil oxirigacha Ukrainaga yuborilishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing