Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari rahbariyatida yana o‘zgarish qildi 

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Qurolli kuchlarni qo‘llab-quvvatlash kuchlari qo‘mondonini almashtirdi. Tegishli farmon Ukraina Prezidenti ofisining rasmiy saytida e’lon qilindi.

Zelenskiyning farmoni bilan Aleksandr Yakovets Ukraina Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash kuchlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi. Oldingi qo‘mondon Dmitriy Gerega esa ishdan bo‘shatildi.

Brigada generali Aleksandr Yakovets tayinlovdan oldin Ukraina Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash kuchlarida muhandislik qo‘shinlari boshlig‘i edi. Yakovetsning so‘zlariga ko‘ra, bu qo‘shinlarning vazifasi qarshi hujum uchun sharoitlarni tayyorlashdir. 

Ma’lumot uchun, Ukraina Qurolli Kuchlarining qo‘llab-quvvatlovchi kuchlariga elektron urush sohasidagi qo‘shinlar, muhandislik qo‘shinlari, radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari, harbiy topografik xizmat, gidrometeorologiya xizmati va kinologiya xizmati kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni ishdan bo‘shatgandi. Uning o‘rniga o‘sha paytgacha Ukraina quruqlikdagi kuchlariga qo‘mondonlik qilgan Aleksandr Sirskiy tayinlangandi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing