Zelenskiy Ukraina armiyasi rahbariyatida keng ko‘lamli o‘zgarishlar qildi

Olam

image

Joriy yilning 8 fevral kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni ishdan bo‘shatdi va keyinchalik butun mamlakat harbiy qo‘mondonligini almashtirdi. Aleksandr Sirskiy yangi bosh qo‘mondon bo‘ldi.

"Strana.ua" Zalujniyning iste’foga chiqishiga sabab bo‘lgan kadrlar o‘zgarishining to‘liq ro‘yxatini taqdim etadi.

Polkovnik Vadim Suxarevskiy (mutaxassisligi - uchuvchisiz tizimlar) va polkovnik Andrey Lebedenko (texnologik innovatsiyalar) Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Sirskiy o‘rinbosari bo‘ldi.

General-leytenant Sergey Shaptala o‘rniga Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari etib avval Mudofaa kuchlarini boshqargan general-mayor Anatoliy Bargilevich tayinlandi. Uch brigada generali Bragilevichning o‘rinbosarlari bo‘ldi: Vladimir Gorbatyuk (rejalashtirish), Aleksey Shevchenko (logistika) va Mixail Drapatiy (kadrlar tayyorlash).

Vladimir Zelenskiyning buyrug‘i bilan yana bir nechta asosiy qo‘mondonlar almashtirildi:

  • Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Pavlyuk quruqlikdagi qo‘shinlar boshlig‘i bo‘ldi (ilgari ularni yangi Bosh qo‘mondon Sirskiy boshqargan);
  • Birlashgan kuchlar qo‘mondoni Sergey Nayev o‘z lavozimidan chetlashtirildi (uning aytishicha, u bu haqda OAVdan bilgan). Uning o‘rniga dengiz piyodalarining sobiq qo‘mondoni Yuriy Sodol tayinlandi;
  • Maksim Mirgorodskiy o‘rniga uning shtab boshlig‘i Igor Skibyuk havo-desant hujumi kuchlari boshlig‘i bo‘ldi;
  • Igor Plaxuta hududiy mudofaa kuchlari qo‘mondoni bo‘ldi. Tayinlovga qadar qaysi lavozimda ishlagani haqida ma’lumot yo‘q. 

Ammo u 2013 yil 10 dekabrda hukumat kvartalini Maydan tarafdorlaridan tozalash paytida Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlarini boshqargani ma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing