Zelenskiy Turkiya birinchi xonimiga xat yozdi. Uni Yelena Zelenskaya yetkazdi

Olam

image

Ukraina Prezidentining rafiqasi Yelena Zelenskaya Turkiyaga bordi. U tashrif doirasida mamlakat birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an uchrashdi. 

Uchrashuvda Zelenskaya Ukrainadagi so‘nggi o‘zgarishlar, shuningdek, o‘zi asos solgan jamg‘arma faoliyati haqida ma’lumot bergan. U Turkiya birinchi xonimiga turmush o‘rtog‘i, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy nomidan Ukrainaga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik maktubini topshirdi. 

Turkiyaning 1300 nafar oilasiz ukrainalik bolani qabul qilganidan mamnunligini bildirgan Zelenskaya, 200 ga yaqin alohida ehtiyojli bolani evakuatsiya qilish va Turkiyaga olib kelishda yordam so‘radi. 

G‘alla koridori va mahbuslar almashinuvining Prezident Erdo‘g‘anning kuchli yetakchiligi va diplomatik mahorati bilan amalga oshirilayotganiga diqqat qaratgan Zelenskaya, ayniqsa, don yo‘lagining dunyoni katta oziq-ovqat inqirozidan qutqarganiga urg‘u berdi. 

Urush tufayli sog‘liqni saqlash sohasidagi ehtiyojlar ortganini ifoda etgan Ukraina birinchi xonimi, Emina Erdo‘g‘andan tez yordam avtomobillari va chaqaloqlar uchun vakuum apparatlarini yetkazib berishini so‘radi. 

“Mintaqamizda qariyb yetti oydan beri davom etayotgan urushdan qayg‘udamiz. Umid qilamanki, bu muammo tezroq hal qilinadi. Turkiya tinchlik o‘rnatish uchun jadal harakatlarini davom ettiradi”, deydi Erdo‘g‘anning rafiqasi.

U so‘zida davom etarkan, Anqara Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qilishi va muammoning diplomatiya yo‘li bilan hal qilinishiga ishonishini bildirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Emina Erdo'g'an Elena Zelenskaya

Baholaganlar

346

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing